"Toshkent metropoliteni" DUKning metro yo`lovchilariga murojaat bilan chiqdi.
"Hozirgi vaqtda bir kunda o`rta hisobda metropolitenning yo`nalishlaridan foydalanuvchi yo`lovchilar soni 690 - 700 mingni tashkil etmoqda.
Ayniqsa, 20 sentyabr sanasidan boshlab ko`chalarda 10 ballik avtomashina tiqilinchligi hisobiga avtobuslardagi yo`lovchilarni bir qismi metrodan foydalanishi hisobiga bu ko`rsatgich kunma-kun ortib bormoqda.
Yo`lovchilar sonini keskin ko`payishi metro vagonlarga belgilangan yo`lovchilarni sonini 2 marta ko`payishi va buning hisobiga vagonlarga normadan ortiq yuklama tushib metro poezdlarini tez-tez buzilishiga olib kelmoqda" deyiladi murojaatda.
Shuningdek, yo`lovchilar tomonidan metropolitendan foydalanish qoidalariga rioya qilinmayotganligi ya`ni, harakatlanish vaqtida o`zaro hurmatni saqlash, poezd ichidagi yo`lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turib qolish, manzilga kelgach poezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanish hamda poezdning bosh va so`ngi vagonlari bilan bir qatorda o`rta vagonlaridan teng foydalanmayotganliklari asosiy sabablardan biri bo`lmoqdaligiga alohida to`xtalindi.
Yo`lovchilar tomonidan vagonlarda va metropoliten hududida shaxsiy buyumlarni qoldirib ketish kabi holatlar kuzatilmoqda. Bunda tekshirish maqsadida, yo`nalishdagi poezdni harakati yo`nalishidan olinadi va harakat intervalini uzayishiga olib keladi. Oxirgi haftada 9 ta shunday holat kuzatilgani ma`lum bo`ldi.
"Bugungi kunda, metropoliten yo`lovchilariga yanada qulay va ma`daniyatli xizmat ko`rsatish maqsadida, 6 ta harakat tarkibi 5 ta vagondan tashkil topgan holda xizmat ko`rsatib kelmoqda, ularning soni shu yilning oxiriga qadar 13 taga etkaziladi. Bundan tashqari, joriy yil yakuniga qadar 56 ta va 2024 yil davomida yana qo`shimcha 104 dona zamonaviy metro vagonlarini harid qilish ko`zda tutilgan. Buning natijasida, tasarrufdagi harakat tarkiblarini yangilanishiga hamda yo`nalishlarda poezdlar oraliq intervalini qisqartirishga erishiladi.
Yangi metro vagonlari kelishiga 2 oy qolgani va yangi vagonlar kelishi bilan Chilonzor, O`zbekiston, Yunusobod va Er usti xalqa yo`li yo`nalishida vagonlar soni ortishi hamda buning hisobiga oraliq interval yanada kamaytiriladi.
Shularni hisobga olib, hurmatli yo`lovchilarimizdan tig`iz vaqtlarda to`la vagonlariga chiqmasdan, keyingi bo`shroq metro vagonlarga chiqishlarini so`raymiz" deyiladi Mtropoliten murojaatida.






