AsosiyJamiyat

Ilk bor O`zbekistondan Evro-Osiyo mintaqaviy metrologiya tashkilotiga vise prezident saylandi

'Ilk bor O`zbekistondan Evro-Osiyo mintaqaviy metrologiya tashkilotiga vise prezident saylandi'ning rasmi

Evro-Osiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (KOOMET) ma`muriy boshqaruvida o`zgarishlar amalga oshirilib yangi Prezident saylandi. Bu haqda UzA xabar bermoqda. 

Shu bilan birga mintaqaviy tashkilot vise prezidentlari tarkibi yangilandi. 

KOOMET mas`ullari vise prezident lavozimiga O`zbekiston vakili — O`zbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripovni bir ovozdan qo`llab quvvatlashdi. Endilikda institut rahbari xalqaro talablar va mezonlarga mos ravishda KOOMETning eng muhim yo`nalishlaridan hisoblangan «Qonunlashtiruvchi metrologiya» yo`nalishini boshqaruvida ishtirok etadi.

Ma`lumot o`rnida:

KOOMET 1991 yil 12 iyun kuni tashkil etilgan va unga 19 ta davlatlar a`zo bo`lgan. O`zbekiston ham ushbu mintaqaviy metrologiya tashkilotiga 2004 yilda a`zo bo`lgan.
​​​​

    Boshqa yangiliklar