Qirg`iziston parlamenti Rossiya Federasiyasi bilan yagona mintaqaviy havo hujumidan mudofaa tizimini yaratish bo`yicha kelishuvni ratifikasiya qildi.
Ushbu maqsadlar uchun Rossiyaning Kant shahridagi aviabazasi yaqinida 5 gektar er uchastkasi ajratilgan.
Qirg`iziston parlamenti deputatlari “Qirg`iziston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasida havo mudofaasining yagona mintaqaviy tizimini yaratish to`g`risidagi bitimni ratifikasiya qilish to`g`risida”gi qonun loyihasini qabul qildi.
Hujjat uch o`qishda qabul qilindi.
Qonun loyihasi tashabbuskori Qirg`iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.
Bitim asosida Rossiya va Qirg`izistonning yagona mintaqaviy havo mudofaa tizimi yaratilmoqda.
Qirg`iziston Mudofaa vaziri o`rinbosari Almazbek Karasartov ta`kidlashicha, ushbu maqsadlar uchun Rossiyaning Kant shahridagi aviabazasi yaqinidan 5 gektar er uchastkasi ajratilgan.





