AsosiyDunyo

Maykl Jeksonning kurtkasi kimoshdi savdosiga qo`yiladi Lotning narxi 100 ming funt sterlingdan boshlanadi

'Maykl Jeksonning kurtkasi kimoshdi savdosiga qo`yiladi Lotning narxi 100 ming funt sterlingdan boshlanadi'ning rasmi

Maykl Jeksonning kurtkasi ausionda sotiladi.BBC xabariga ko`ra, ausion 10 noyabr kuni bo`lib o`tadi.

Qo`shiqchi ushbu kurtkasini 1983 yilda suratga olingan  reklamalardan birida kiygan. Rolikda Jekson ko`chada yurib, o`zining Billie Jean qo`shig`ini kuylaydi. Bu qo`shig`ini ichimlikni reklama qilish uchun maxsus yaratgan.

Lotning narxi 100 000 funt sterlingdan boshlanadi, ammo Prop Store Auction kollektorlardan 400 000 funt sterlinggacha taklif berishga tayyor bo`lishini kutmoqda.

Shuningdek, kimoshdi savdosiga Emi Vayngauzning “You Know I'm No Good” klipidagi asalari uyasi parigi va Jorj Mayklning Areta Franklin bilan birga aytgan duetida kiygan “La Rocka” ko`ylagi ham qo`yiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar