AsosiyJamiyat

Surxondaryoda qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kovragi kesib tashlandi

'Surxondaryoda qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kovragi kesib tashlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Uzun tumani "Bobotog`" davlat o`rmon xo`jaligida o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida o`rmon xo`jaligining "Fayzova" bo`limi, 6-aylanma 7-kvartalining "Archabuloq" massivi hududida tabiiy holda o`sadigan tojik kovragi o`simligiga ko`p miqdorda zarar etgazilganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko`ra, o`rganishlar natijasida o`rmon xodimlarining o`z ishiga ma`suliyatsizlik bilan yondashishi oqibatida hududdagi Qizil Kitobga kiritilgan 611 tup tojik kovragi o`simligi noqonuniy tarzda kesib olinganligi va bu bilan tabiatga 302 million 445 ming so`m zarar etkazilganligi ma`lum bo`ldi.

Ish yuzasidan to`plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun tuman prokuraturasiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar