AsosiyDunyo

“Tolibon” O`zbekiston bilan chegarada Qo`shtepa kanalining ikkinchi qismini qurishga start berdi

'“Tolibon” O`zbekiston bilan chegarada Qo`shtepa kanalining ikkinchi qismini qurishga start berdi'ning rasmi

Afg`oniston shimolidagi Balx viloyatida O`zbekiston bilan chegaradosh Qo`shtepa kanalining birinchi qismini foydalanishga topshirish va ikkinchi qismini qurishga start berish marosimi bo`lib o`tdi.

Marosimda so`zga chiqqan “Tolibon” bosh vaziri o`rinbosari Abdulg`ani Barodar Qo`shtepa kanalining ishga tushirilishi Afg`onistonda suv resurslarini boshqarish uchun zarurligini ta`kidladi.

Shu bilan birga, “Tolibon” vakillari o`z nutqlarida Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari, xususan, O`zbekistondan ushbu kanal qurilishidan xavotirga tushmaslikni so`radi, deyiladi xabarda.

Qo`shtepaning birinchi uchastkasi uzunligi 108 kilometr bo`lib, qurilish belgilangan muddatdan 8 oy oldin yakunlandi. Amudaryo suvini Afg`onistonga buradigan kanalning umumiy uzunligi 285 kilometrni tashkil etadi.

Ayni paytda “Ma`no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev Qo`shtepa ishga tushirilgandan so`ng Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun suv taqchilligi yuzaga kelishi sababli keskinlik kuchayishidan xavotir bildirdi. U mintaqa davlatlari Mamlakatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi doirasida kelishilgan kvotalar bo`yicha suvni baham ko`rishini eslatdi. Biroq Amudaryoning boshida bo`lgan Afg`oniston hech qanday kelishuvlar bilan tiyilmagan, mamlakat qo`shni davlatlar bilan hisoblashmasdan suv olishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar