AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi perinatal markazda yosh bolali onalar polda yotgani aytilmoqda

'Qashqadaryodagi perinatal markazda yosh bolali onalar polda yotgani aytilmoqda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan viloyat perinatal markazida yosh bolali ayollar polda yotgani aytilgan xabarlar tarqalgandi. Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi buni asossiz ma`lumot demoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati perinatal markazida yangi ko`zi yorigan ayollar va chaqaloqlar erda yotgani haqidagi ma`lumotlar e`lon qilindi. Mazkur holat viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi mas`ullari tomonidan tezkor o`rganildi.

Aniqlanishicha, xabarda ta`kidlangan ma`lumotlar asossiz. 2023 yil 11-oktyabr kuni viloyat perinatal markazida 186 nafar homilador va ko`zi yorigan ayol mavjud bo`lgan. 200 o`ringa ega mazkur markazda shu kuni suratda aks etgan holat aslo kuzatilmagan (suratning qachon va qaerda olingani bo`yicha qo`shimcha o`rganishlar olib borilmoqda).

Ayollar va chaqaloqlarning biror nafari ham erda yotmagan, har bir ayolga zarur sharoitlar yaratilgan. Homilador va tug`gan ayollar bilan suhbatlashilganda ham ushbu holat tasdiqlanmadi, — deyiladi rasmiy munosabatda. 

Qo`shimcha qilinishicha, ushbu markazga 20 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Bobonazar Shodiev rahbarlik qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar