AsosiyJamiyat

Prezident ertaga Qirg`izistonga boradi

'Prezident ertaga Qirg`izistonga boradi'ning rasmi

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 13 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo`ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Sammit tadbirlari davomida MDH doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investisiyalar, sanoat kooperasiyasi, innovasiyalar, raqamlashtirish, transport, ta`lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo`shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Yig`ilish yakunida Hamdo`stlik doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo`nalishlariga doir qator bitim va qarorlarni qabul qilish ko`zda tutilgan

    Boshqa yangiliklar