AsosiyJamiyat

Endilikda temir yo`l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruxsat beriladi

'Endilikda temir yo`l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruxsat beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17 apreldagi 159-son qaroriga muvofiq fuqarolar temir yo`l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishlariga ruxsat beriladi.  

Temir yo`l vokzallariga tashrif buyuruvchilar endilikda soddalashtirilgan holda ya`ni shaxsni tasdiqlovchi hujjasiz vokzal hududiga kirishlari mumkin.  

Yo`lovchilar platformasiga-perronga yo`lovchi poezd chiptalariga ega bo`lgan yo`lovchilar hamda harakatlanishi cheklangan bemor yoki keksa yoshdagi yo`lovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o`tishlari mumkin.  

Chiptalari yo`q shaxslar, shuningdek, chiptada ko`rsatilgan ma`lumotlar yo`lovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi ma`lumotlarga mos bo`lmagan fuqarolarning yo`lovchilar platformasi-perronga va yo`lovchi tashish vagonlariga kirishiga yo`l qo`yilmaydi.

    Boshqa yangiliklar