AsosiyDunyo

Pokiston va Hindiston chegarasida bo`lgan otishmada uch kishi halok bo`ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida bo`lgan otishmada uch kishi halok bo`ldi, 14 kishi yaralandi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Pokiston armiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Panjob shtatining Chaprar sektorida kecha ro`y bergan otishmada ikki nafar tinch aholi halok bo`lgan.

“Sakkiz nafar mahalliy aholi jabr ko`rgan. Hindiston tomondan o`t ochilgandan keyin Pokiston reynjerlari ham javob tariqasida o`q otgan”, deyiladi press-relizda. Shuningdek, otishmada yaralangan yana bir nafar, tinch aholiga tegishli fuqaro vafot etgan. Panjob bilan chegaradosh bo`lgan Hindistonning Jammu va Kamshir shtatida yashovchi tinch aholidan olti kishi yaralangan.

29 sentyabrda Kashmirdagi chegara nazorat punktida ro`y bergan voqeadan keyin ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Deyarli har kuni chegarada bo`lgan to`qnashuvlar haqida xabarlar berilmoqda.

Boshqa yangiliklar