2023 yil 19 oktyabr kuni Samarqand shahrida BMT Butunjahon turizm tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi doirasida “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism Xalqaro ta`lim forumi o`tkaziladi.
Forum davomida quyidagi tadbirlar bo`lib o`tishi kutilmoqda:
Dunyoning 10 mamlakatidan ta`lim va turizm sohasi rahbarlari ishtirok etadigan Vazirlar yalpi sessiyasi. Rahbarlar munozaralar davomida hozirgi va kelajak avlodlar uchun ta`lim sohasida innovasiyalarni joriy etish masalalarini batafsil ko`rib chiqishadi. Sessiyada IE Universitetining iqtisodiy masalalar bo`yicha vise-prezidenti, Tadbirkorlik va innovasiyalar markazi raisi Janob Xuan Xose Guemes moderatorlik qiladi.
Ta`lim sohasidagi etakchi ekspertlarning “Ta`lim sohasidagi UNWTO faoliyati”, “Ertangi kunning investisiyalari: cheksiz kelajak uchun transformasiya, texnologiya, innovasiya va ta`lim” mavzularidagi ma`ruza va taqdimotlari bo`lib o`tadi.
Shu bilan birga, O`zbekiston, AQSh, Shveytsariya, Singapur, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Ispaniya, Gresiyadan 7 nafar spiker, shu jumladan, turizm sohasida O`zbekiston yoshlar etakchilari ishtirok etadigan yalpi majlis o`tkaziladi. Majlisda o`rta maktabdan oliy va ijro etuvchi ta`limgacha bo`lgan turli bosqichlarda talabalarning turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaxlit yondashuv taqdim etiladi, bu turizm sanoatining o`sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Yana bir diqqatga sazovor tadbir O`zbekistondagi UNWTO Turizm akademiyasining taqdimotiga bag`ishlanadi.
Bundan tashqari, Turizm va ta`lim sohasidagi ulkan yutuqlar va tashabbuslar uchun “Ulysses Awards UNWTO” mukofoti taqdimotining tantanali marosimi ham rejalashtirilgan.
Turizm sohasida milliy va xorijiy ta`lim muassasalari o`rtasida memorandumlar imzolash marosimi kutilmoqda.
Turizm sohasidagi etakchi olimlar va mutaxassislar o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishadi.
Forumga turizm sohasidagi etakchi ta`lim tashkilotlari, shuningdek, 30 mamlakatdan etakchi xalqaro tashkilotlar vakillari kelishi kutilmoqda.






