O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo dam olish kunlari ham saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O`zgidromet agentligi matbuot xizmati.
Uzoq muddat davom etgan quruq va nisbatan iliq ob-havodan so`ng 11−12 oktyabr kunlari O`zbekiston hududiga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib keldi. Barcha joylarda yomg`ir yog`di, ayrim joylarda kuchli bo`ldi, tog`li hududlarda qorga aylandi.
Ba`zi joylarda shamol tezligi kuchayishi kuzatildi. Havo keskin sovuqlashdi.
Juma kuni ertalab deyarli barcha joylarda yog`ingarchilik to`xtadi va kun davomida respublika hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Farg`ona vodiysida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.
13 oktbyar kuni kunduzi havo harorati +10…+15 daraja atrofida bo`ladi. Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab harorat +3…+6 darajagacha pasayadi, kunduzi havo asta-sekin iliqlashadi va yakshanba kuni kunduzi havo +17…+20 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutimaydi, 14−15 oktyabrda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.
Harorat 13 oktyabrda +10…+12 daraja, 14 oktyabrda kechasi +4…+6 daraja, kunduzi +14…+16 daraja, 15 oktyabrda kechasi +5…+7 daraja, kunduzi +17…+19 daraja bo`ladi.