Farg`onada YTH natijasida Nexia-2 yonib ketdi.
Holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.
Ma`lumotga ko`ra, joriy yilning 13 oktyabr kuni Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani hududidan o`tgan A373B - "Qo`qon shahriga shoxobcha" avtomobil yo`lining 66-kmda Nexia-2 transport vositasi harakatlanib kelayotib, boshqaruvni yo`qotishi natijasida yo`l chetidagi beton to`siqqa urilgan.
YTH natijasida transport vositasida yong`in chiqqan. Yo`l-transport hodisasida jabrlanganlar yo`q.






