AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev MDH faxriy ko`krak nishoni bilan taqdirlandi (video)

'Shavkat Mirziyoev MDH faxriy ko`krak nishoni bilan taqdirlandi (video)'ning rasmi

Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov tashabbusi bilan MDH Davlat rahbarlari kengashi O`zbekiston prezidentini MDH faxriy ko`krak nishoni bilan taqdirlash to`g`risida qaror qabul qildi.

Mukofot O`zbekiston prezidentiga MDHni rivojlantirish, hamdo`stlikka a`zo davlatlar o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qo`shgan hissasi uchun berildi.

"Buning uchun barchadan juda minnatdorman, men uchun bu katta mas`uliyat. Bu uzoq sayohatning boshlanishi. Har bir davlat bilan O`zbekiston keyingi yillarda salmoqli natijalarga erishdi", dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar