AsosiyJamiyat

Vladimir Putin Samarqandni MDHning madaniy poytaxti deb e`lon qildi (video)

'Vladimir Putin Samarqandni MDHning madaniy poytaxti deb e`lon qildi (video)'ning rasmi

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin Bishkekdagi MDH sammitida Samarqandni 2024 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligining madaniy poytaxti deb e`lon qildi.

“Bu yil madaniyat poytaxti Sankt-Peterburg bo`lib, 2024 yilda estafetani Samarqand shahri qabul qiladi. O`zining boy madaniyati va ijtimoiy hayoti bilan bu qadimiy shahar mamlakatlarimizdan ko`plab sayyohlarni o`ziga jalb qiladi”, — dedi Vladimir Putin.

Ma`lumot uchun, “Hamdo`stlikning madaniy poytaxtlari” Davlatlararo dasturi loyihasi 2010 yilda Minsk shahrida boshlangan edi.

Bu kelajakka ko`prik bo`lib xizmat qiladigan loyiha. O`tgan yillar davomida boy o`tmish va o`ziga xos madaniyatga ega bo`lgan 18 ta shahar “Hamdo`stlik madaniyati poytaxti” e`tirofiga sazovor bo`ldi. Samarqand loyiha boshlanganidan buyon ushbu maqomga munosib ko`rilgan O`zbekistonning birinchi shahridir.

    Boshqa yangiliklar