AsosiyJamiyat

"Dok-1 Max" siropini ishlab chiqargan Marion Biotech korxonasi Hindistonda faoliyatini qayta tikladi

'"Dok-1 Max" siropini ishlab chiqargan Marion Biotech korxonasi Hindistonda faoliyatini qayta tikladi'ning rasmi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati ma`murlari Dok-1 Max yo`tal siroplarini ishlab chiqaradigan Marion Biotech zavodida ishlab chiqarishning katta qismini qayta tiklashga ruxsat berdi.

Korxonada ishlab chiqarilgan boshqa dori vositalarining sifatsiz ishlab chiqarilishi bilan bog`liq birorta ham holat qayd etilmagan, deya xabar beradi Giyohvand moddalarni nazorat qilish davlat agentligi.

Kompaniyaning murojaati qisman qanoatlantirilib, propilenglikoldan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishga berilgan ruxsatnoma bekor qilindi. Kompaniyaga boshqa barcha mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishga ruxsat berilgan.

Marion zavodi O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita yo`tal siropi – Ambronol va Dok-1 Maxning 2022 yilda tahlilini o`tkazgach, mart oyida yopilgan edi.

Propilenglikol o`rniga boshqa ikkita arzonroq moddalar ishlatilgan. 2021 yilda propilenglikol narxi keskin oshgani sababli, bir yoki bir nechta etkazib beruvchilar arzon va zaharli suyuqlikni qonuniy kimyoviy moddalar bilan aralashtirishganligi ma`lum bo`lgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar