AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevning Bishkekka amaliy tashrif yakunlandi

'Shavkat Mirziyoevning Bishkekka amaliy tashrif yakunlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi sammitida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga amaliy tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.

“Manas” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg`iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administrasiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi.

O`zbekiston Prezidenti bugun MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi hamda Hamdo`stlik doirasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo`yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qo`shgan ulkan hissasi uchun O`zbekiston etakchisiga tashkilotning oliy mukofoti – MDH Faxriy nishoni topshirildi.

Sammit doirasida Prezidentimiz Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o`tkazdi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar