AsosiyJamiyat

16-20 oktyabr kunlari Toshkentda "InnoWeek.uz–2023" xalqaro innovasion g`oyalar haftaligi bo`lib o`tadi

'16-20 oktyabr kunlari Toshkentda "InnoWeek.uz–2023" xalqaro innovasion g`oyalar haftaligi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Shu yilning 16-20 oktyabr kunlari eng yirik innovasion tadbir «InnoWeek.uz–2023» xalqaro innovasion g`oyalar haftaligi bo`lib o`tadi. 

Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda

"Kreativ ta`lim va innovasiyalar — Yangi O`zbekiston taraqqiyotining asosi" shiori ostida o`tkaziladigan mazkur haftalikda mahalliy va xorijiy kompaniyalar, diplomatik korpus vakillari, investorlar, tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar hamda yosh innovatorlar ishtirok etadi.

Haftalikda Armaniston, Belarus, Vengriya, Eron, Koreya, Moldova, Mongoliya, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog`iston, Qirg`iziston kabi 20 dan ziyod mamlakatning 50 ga yaqin yirik kompaniya va korporasiyalaridan 250 dan ortiq vakil ishtirok etishi kutilmoqda.  
Siz ham haftalik doirasidagi tadbirlarda ishtirok eting va o`z salohiyatingizni ko`rsating.

Manzillar:
"Alpomish" muz saroyi

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar