1

O`zbekistonda rasman sumo federasiyasi ochildi

Sport 14.10.2023, 13:50
O`zbekistonda rasman sumo federasiyasi ochildi

Endilikda respublikada rasman sumo federasiyasi ochildi. Mazkur federasiya joriy yilning 12 oktyabr kuni rasmiy ro`yxatdan o`tgan.

Federasiya faoliyatining asosiy maqsadi, O`zbekistonda sumo sportini rivojlantirish va ommalashtirish, sumo sporti bilan shug`ullanuvchilarni, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, sumo sport turlari bo`yicha tadbirlarni o`tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda o`z a`zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdan iborat.

Eslatib o`tamiz, Kamol Usmonov federasiya raisi etib saylangan. Qolaversa, O`zbekistondagi ilk sumo sportchisi sifatida Durdona Abdujabbarova qayd etilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1