AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ko`p qavatli binolarning birida yong`in chiqdi (video)

'Toshkentdagi ko`p qavatli binolarning birida yong`in chiqdi (video)'ning rasmi

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi ko`p qavatli binoda yong`in sodir bo`lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Holat yuzasidan Mirobod tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, yong`in "Inoqobod" MFY, Yangi zamon ko`chasida joylashgan Grinvich MChJga tegishli qurilish binosida yuz bergan.

Yong`in ro`y bergani haqida tuman FVVga 11:45 da xabar kelib tushgan. FVV o`t o`chirish tarkibi hodisa joyiga 11:50 da etib borgan. Ayni vaqtda yong`in bartaraf etilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, lak bo`yog`i yongan, yong`in 15 kv maydonni egallagan, jabrlanganlar yo`q.

Yong`in joyiga Mirobod tumani FVB rahbariyati va xodimlari hamda tuman IIOFMB raxbariyati va xodimlari chiqishgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar