AsosiyJamiyat

Temir yo`l raisi o`rinbosari chiptalar “chayqovchilar” qo`liga o`tib ketishining sabablarini aytdi (video)

'Temir yo`l raisi o`rinbosari chiptalar “chayqovchilar” qo`liga o`tib ketishining sabablarini aytdi (video)'ning rasmi

O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumanida jamiyat boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari Hikmatullo Raxmetov chiptalar “chayqovchilar” qo`liga o`tib ketganligi sababiga izoh berdi.

“Davlatdan bilet olib, yana ustiga pul qo`yib, xalqqa sotishga hech kimning haqi yo`q. Bu odam sotqin bo`ladi. Agar sizlar shunday odamlarni bizga topib bersangiz juda xursand bo`lamiz. Chiptalar shunchalik arzon. Chayqovchilar uni sotib oladi va poezd ketishidan oldin odamlarga sotadi. Sotolmay qolsa, kassaga arzimagan jarima to`lab topshiradi. Chipta juda arzon bo`lganidan keyin, jarimasi ham juda arzon bo`ladi. Agar chiptani boshqa odamga sotsa, 100 ming, 150 ming so`m pul qiladi”, — deydi Hikmatullo Raxmetov.

    Boshqa yangiliklar