AsosiyDunyo

Yaponiyada imperator oilasiga mansub 101 yoshli qariya vafot etdi

Tokioda yapon imperatorlar sulolasiga mansub, 101 yoshli shahzoda Mikas vafot etdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Mazkur yilning may oyidan beri shahzoda o`pka shamollashi tashxisi bilan kasalxonada yotgan. U ilgari ham bir qancha jarrohlik, shu jumladan yurak operasiyasini ham boshdan o`tkazgan edi. 

Shahzoda Mikas hozirgi yapon imperatorining amakisi hisoblanadi. U yapon taxtiga da`vogarlarning beshinchi qatoriga mansubdir. 

Ikkinchi jahon urushi davrida shahzoda Mikas Xitoyni bosib olib, turli janglarda ishtirok etgan harbiy qism kavaleriyasida xizmat qilgan. Kapitulyasiyadan keyin Qadimgi Misr tarixi tadqiqotlari bilan shug`ullangan, bundan tashqari, sportchi va jamoat arbobi sifatida ham nom qozongan.

    Boshqa yangiliklar