Jizzaxda ikki singlisi bilan mashina boshqarib kelayotgan 12 yoshli bola to`xtatib qolindi.
Ma`lum qilinishicha, yosh bola mashina haydab ketayotgan vaqtda inspektorlar tomonidan to`xtatilgan. Shundan so`ng bola 12 yoshli 5-sinf o`quvchisi ekani, yonida ikki singlisi ham borligi aniqlangan.
Bolaning onasi sog`lig`i to`g`ri kelmagani uchun o`g`liga mashina haydashga ruxsat berganini aytgan.
“Kechiring, qo`rqib qoldim, boshqa mashina haydamayman”, — deya uzr so`ragan bola.






