AsosiyJamiyat

O`zbekiston Isroildan talabalarni evakuasiya qildi

'O`zbekiston Isroildan talabalarni evakuasiya qildi'ning rasmi

Bugun 15 oktyabr kuni Isroilning Xolon texnologiya institutida (HIT) tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalar Toshkentga uchib ketdi. Bu haqda O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi ma`lum qildi.

“Institut bilan talabalarimizning o`qishini onlayn formatda davom ettirish bo`yicha kelishuvga erishildi. Ular matematika, texnologiya, sun`iy intellekt kabi sohalarda tahsil olishadi. Kelgusida universitetda bo`lajak o`zbek mutaxassislarini tayyorlashning yangi yo`nalishlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Elchixona HIT, Mirzo Ulug`bek nomidagi Milliy universitet, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, shuningdek, “O`zbekiston havo yo`llari” AKning Tel-Avivdagi vakolatxonasiga talabalarni O`zbekistonga jo`natishda yordam bergani uchun o`z minnatdorchiligini bildiradi. 

“Biz HIT rektori janob Eduard Yakubovga alohida minnatdorchilik bildiramiz, uning faol ko`magida biz o`zbekistonlik talabalarni o`z vataniga jo`natish bilan bog`liq barcha masalalarni tezkorlik bilan hal etishga muvaffaq bo`ldik”, — deyiladi elchixona xabarida.

    Boshqa yangiliklar