AsosiyJamiyat

O`zbekiston terma jamoasi robototexnika bo`yicha jahon chempionatida bronza medalini qo`lga kiritishdi

'O`zbekiston terma jamoasi robototexnika bo`yicha jahon chempionatida bronza medalini qo`lga kiritishdi'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasi robototexnika bo`yicha jahon chempionatida bronza medalini qo`lga kiritdi. Bu haqda MMT vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekistonlik maktab o`quvchilari Singapurda bo`lib o`tgan FIRST GLOBAL CHALLENGE robototexnika chempionatida g`olib bo`lishdi.

Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
1) Shukrullo Sodiqov — Buxoro shahri,
2) Mahkambek Teshabaev - Toshkent shahri,
3) Nazarboy Rahmonov - Toshkent shahri,
4) Abdulaziz Mirahmedov - Toshkent shahri,
5) Aydar Ermuxon – Toshkent shahri.

FIRST GLOBAL CHALLENGE - har yili turli mamlakatlarda o`tkaziladigan robototexnika bo`yicha jahon chempionati hisoblanadi. Bu yilgi chempionatda 191 davlatdan vakillar ishtirok etishdi.

Terma jamoamiz bu musobaqada ishtirok etish uchun 100 foiz grant yutib olgan.

    Boshqa yangiliklar