AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ichida yo`lovchilari bo`lgan avtobus gaz balloni portladi (video)

'Qashqadaryoda ichida yo`lovchilari bo`lgan avtobus gaz balloni portladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yo`lovchi avtobusdagi gaz ballon portlab ketgani natijasida bir kishi halok bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. FVV hodisa yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, kecha, 15 oktyabr kuni soat 16:50 larda Muborak tumani hududidan o`tuvchi “Qarshi-Buxoro” ichki yo`lida Isuzu rusumli avtobus yo`lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtda avtobusning gaz ballonida yorilishi sodir bo`lgan.

Oqibatda 4 nafar fuqaro o`rta og`ir darajada tan jarohatini olib, tuman tibbiyot shifoxonasiga yotqizilgan. Qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam ko`rsatilgan.

“Eng asosiysi hodisa natijasida hech kim halok bo`lmagan”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar