AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik erkak 12 bosh echkiemarni so`yib egani uchun jazolandi

'Qashqadaryolik erkak 12 bosh echkiemarni so`yib egani uchun jazolandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida echkiemarlarni tutib, so`yib egan 61 yoshli erkak 3 yilga ozodlikdan cheklandi.

Ma`lum qilinishicha, 3 marta infarkt bilan og`rigan keksa fuqaro tanishlaridan echkiemar (echkiemarlar “Qizil kitob”ga kiritilgan) go`shti va terisi kasallikka davo ekanini eshitib, yovvoyi echkiemarlarni ovlashga tushgan.

Fuqaro jami 32 bosh echkiemarni ovlab, ulardan 12 tasini so`yib egan. Qolgan 20 tasini keyinchalik eyish uchun uyida boqib kelgan.

Sud erkakka 3 yilga ozodlikdan cheklash jazosi belgilab, Ekologiya vazirligi foydasiga 141 mln 900 ming so`m undirishga hukm chiqargan.

    Boshqa yangiliklar