AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik tadbirkor Salim Abduvaliev (Salimboyvachcha) Italiyada mukofotlandi (video)

'O`zbekistonlik tadbirkor Salim Abduvaliev (Salimboyvachcha) Italiyada mukofotlandi (video)'ning rasmi

O`zbekistonlik tadbirkor Salim Abduvaliev (Salimboyvachcha) Italiyada sportni rivojlantirishga qo`shgan ulkan hissasi uchun “Constantinus magnus 2023” nufuzli xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda u o`zining Instagram sahifasida ma`lum qildi.

Unda aytilishicha, taqdirlash marosimi joriy yilning 14 oktyabr kuni Italiyaning Spello munisipal saroyida bo`lib o`tgan. Ushbu saroyda 333 yilga oid tarixiy ahamiyatga ega bo`lgan epigrafik hujjat bo`lgan “Konstantin yozuvi” saqlanadi.

Ma`lumot uchun, “Constantinus magnus” – erishgan yutuqlari jamiyat, madaniyat va sport rivojiga katta ta`sir ko`rsatgan taniqli shaxslar va tashkilotlarni taqdirlaydigan xalqaro mukofotdir. Mukofot 2011 yilda Italiyada ta`sis etilgan.

Mukofot nomi nasroniylikni Rim imperiyasining davlat diniga aylantirgan va turli madaniyat va dinlarning tinch-totuv yashashiga ulkan ta`sir ko`rsatgan tarixiy shaxs Buyuk Konstantin sharafiga berilgan.

    Boshqa yangiliklar