AsosiyJamiyat

Hamid Olimjon maydonida qurilayotgan ko`p qavatli uylar bilan bog`liq xabarlarga hokimlik munosabat bildirdi

'Hamid Olimjon maydonida qurilayotgan ko`p qavatli uylar bilan bog`liq xabarlarga hokimlik munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug`bek tumani Hamid Olimjon maydonidagi ko`p qavatli uylar bilan bog`liq xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahridagi ko`p qavatli uylarning fasad qismini ta`mirlash, umuman olganda binolarning shaharsozlik normalari asosida ta`mirlash, zamonaviy ko`rinishga olib kelish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan  Hamid Olimjon maydonidagi 18 va 9 qavatli uylarning fasad qismini ta`mirlash jarayonlari ham fuqarolarning taklifi va roziligi asosida bosqichma –bosqich tashkil etiladi.

Bugungi kunda pudratchi tashkilot tomonidan fuqarolarga taqdim etilgan suratlar va binoning qiyofasi tasdiqlanmagan. Ammo pudratchi tashkilotlarning kamida 3ta, har-xil ko`rinishdagi taqdimotlari bo`lishi ta`kidlab o`tiladi.

Bundan tashqari ko`r qavatli uylarning yuqori qismida joylashgan tashqi bezaklari eskirganligi, tabiiy omillar ta`sirida noxush holatlar ro`y bermasligi ham inobatga olingan, deyiladi rasmiy munosabatda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar