AsosiyJamiyat

Tadbirkorlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishda qulaylik yaratiladi

'Tadbirkorlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishda qulaylik yaratiladi'ning rasmi

Hukumat qarori (538-son, 13.10.2023y.) bilan “Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibi to`g`risida”gi nizomga qo`shimchalar kiritildi. 

Unga ko`ra, tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yo`nalishlari bo`yicha hunarmandchilik sub`ektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro`yxatdan o`tkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga ko`ra “Hunarmand” uyushmasiga a`zo bo`lish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik sub`ektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro`yxatdan o`tkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga a`zo bo`lish haqida Tadbirkorlik sub`ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va hisobga qo`yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yo`lga ko`yiladi.

    Boshqa yangiliklar