So`nggi kunlarda O`zbekiston ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Isroil-Xamas qarama-qarshiligini yoritish jarayonida O`zbekiston fuqarolari halok bo`lganligi haqida ma`lumotlar e`lon qilinmoqda.
O`zbekistonning Isroildagi elchixonasini ma`lum qilishicha, Isroil Tashqi ishlar vazirligi va polisiyasi bergan ma`lumotga ko`ra, mamlakat janubida ro`y bergan terror hujumi vaqtida O`zbekistonda tug`ilgan va 90 yillarda repatriasiya dasturiga muvofiq Isroilga ko`chib kelgan 5 (besh) nafar kishi halok bo`lgan. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, ular amaldagi O`zbekiston fukarolik pasportlariga ega emas.
"Yuqoridagilarni e`tiborga olib, OAV ni kuzatib boruvchi fuqarolarda bo`lib o`tayotgan voqealar ko`lami va urush harakatlari haqida noto`g`ri qarashlar paydo bo`lishini oldini olish maqsadida ma`lumotlarni chop ettirishdan oldin, ularni ishonchli manbalardan, shu jumladan O`zbekiston Respublikasining Isroildagi Elchixonasi orqali qayta tekshirishingizni so`raymiz", deyiladi elchixona murojaatida.
Holat bo`yicha elchixonaga murojaat etish uchun quyidagi telefon raqamlari berildi:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076






