7 oktyabrdan beri Isroil armiyasining G`azo sektoriga uyushtirgan hujumi natijasida 11 jurnalist halok bo`ldi, 20 dan ortiq OAV xodimi yaralandi.
Bu haqda Falastin Jurnalistlar uyushmasining Ozodlik qo`mitasi hisobotida aytilgan. Hisobotda, shuningdek, ikki OAV xodimining g`oyib bo`lgani qayd etilgan.
Hujjatda falastinlik jurnalistlarga hujumlar soni ortib borayotganiga urg`u berilgan va 20 ga yaqin jurnalistning uyiga hujum qilingani haqida xabar berilgan.
Bundan tashqari, hisobotda jurnalistlarning oila a`zolari uylariga qilingan hujum chog`ida halok bo`lgani va yaralangani qayd etilgan.
Al Jazeeraning ofisi, Falastin televideniesi, “Aksa” media tarmog`i, «Maan» axborot agentligi, “Al-Quds” gazetasi va ba`zi radiostansiyalar Isroil o`qlaridan zarar ko`rdi.
17.10.2023 19:16
Isroilning G`azodagi hujumi oqibatida 11 nafar jurnalist halok bo`ldi






