Atigi 24 soat ichida G`azoga gumanitar yordam etkazilmasa, hududdagi vaziyat butunlay nazorat qilib bo`lmaydigan holga keladi. Yoqilg`i va suv ta`minoti 24 soat uchun etarli xolos, undan keyin haqiqiy falokat sodir bo`ladi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti mintaqaviy rahbari Ahmad al-Mandhari ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz.
Uning ogohlantirishicha, agar G`azoga tez orada yordam berilmasa, shifokorlar bemorlar uchun o`lim guvohnomalarini tayyorlashi kerakligidan ogohlantirilgan. Hududdagi shifoxonalar qulash arafasida. JSST bergan xabarga ko`ra, yoqilg`i va elektr quvvati bo`lmasa, shifokorlar "imkonsiz tanlov qilishga" va "kelayotgan bemorlarni saralashga" majbur bo`lishadi.
Mahalliy aholining aytishicha, hatto hojatxonaga borish, dush olish va kiyim yuvish kabi kundalik ishlar ham deyarli imkonsiz. Ular sho`r, tozalanmagan musluk suvini ichishga majbur. Ayrimlar dengiz yaqinida quduq qazishga kirishgan.
Bundan tashqari, G`azo ko`chalarida to`plangan chiqindi infeksiya va kasalliklar tarqalishiga zamin yaratmoqda.






