AQSh hukumati Evropa Ittifoqidan O`zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun shtatlarga tranzit vizalari joriy etishni talab qilmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg o`z manbalariga tayanib.
Ta`kidlanishicha, Jo Bayden ma`muriyati evropaliklarga “ehtimoliy terrorchilarning AQSh hududiga kirib kelishining oldini olish” doirasida “Markaziy Osiyoning ayrim davlatlaridan kelgan sayohatchilarga nisbatan qattiq choralar ko`rish” zarurligini ta`kidlagan.
Xususan, Vashington AQShga tranzit orqali o`tayotgan O`zbekiston va Tojikiston fuqarolarining vizalari Evropa aeroportlarida tekshirilishini istaydi. Aslida Vashington muhojirlar oqimini kuzatishda xavfsizlikni ta`minlash mas`uliyatining bir qismini Evropadagi ittifoqchilariga o`tkazishga harakat qilmoqda.
AQSh pozisiyasining keskinlashuviga FQB tergovi sabab bo`lgan, uning natijalariga ko`ra, O`zbekiston va boshqa davlatlardan bir guruh muhojirlar IShID bilan aloqador kontrabandasi yordamida AQShga kirgan.
Vashingtonning qayd etishicha, Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun vizalar masalasi to`g`ridan-to`g`ri EIga a`zo davlatlar bilan muhokama qilinishi kerak, chunki umumevropa darajasidagi muzokaralar cho`zilib ketishi va byurokratik kechikishlar tufayli qaror qabul qilish cho`zilib ketishi mumkin. .






