AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo`mitasi Raisi bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo`mitasi Raisi bilan uchrashdi'ning rasmi

Xitoyga tashrif tadbirlari doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo`mitasi Raisi Van Xunin bilan uchrashuv o`tkazdi.

Suhbatda Xitoy tomoni davlatimiz rahbari “Makon va yo`l” uchinchi xalqaro forumida ilgari surgan muhim tashabbuslarni yuksak baholadi va buning uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O`zbekiston-Xitoy do`stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Konstruktiv siyosiy muloqotning bugungi darajasi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o`zaro ko`mak alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Samarqand va Sian shaharlarida o`tgan sammitlar davomida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.

Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik ijobiy sur`at bilan rivojlanib bormoqda. Hududlar o`rtasidagi aloqalar faollashdi. Oxirgi oylarda O`zbekistonga Shinjon-Uyg`ur avtonom hududi, Shandun, Shensi, Szyansu va Szyansi muzofotlari delegasiyalari tashrif buyurdi.

Madaniy-gumanitar aloqalar va ta`limdagi almashinuvni faollashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar