AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yuqori sinf o`quvchilari uchun 4 ta yo`nalishda tanlov fanlari belgilandi

'O`zbekistonda yuqori sinf o`quvchilari uchun 4 ta yo`nalishda tanlov fanlari belgilandi'ning rasmi

O`zbekistondagi umumta`lim maktablarining 10−11-sinf o`quvchilari uchun 4 ta yo`nalishda tanlov fanlari belgilandi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova.

Bunda o`quvchilar quyidagi yo`nalishlardan birini tanlaydi:

  • matematika-fizika;
  • ona tili-chet tili;
  • kimyo-biologiya;
  • matematika-chet tili.

Hozirda matematika-fizika yo`nalishida 16 ta, ona tili-chet tili yo`nalishida 51 ta, kimyo-biologiya yo`nalishida 40 ta, matematika-chet tili yo`nalishda 30 ta sinfda o`quvchilar o`zlari qiziqqan yo`nalishlari bo`yicha ta`lim olmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar