AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

'Shavkat Mirziyoevning Xitoyga tashrifi yakunlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Pekin shahriga tadbirlarga boy amaliy tashrifi yakunlandi.

Tashrif chog`ida davlatimiz rahbari Xitoy Raisi Si Szinpin va Vetnam Prezidenti Vo Van Txiong bilan muzokaralar o`tkazdi.

Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi, ushbu mamlakatning etakchi «Ameri International», «CAMCE», «China Energy», «State Grid» korporasiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga “Bir makon, bir yo`l” uchnchi xalqaro forumiga kelgan delegasiyalar rahbarlarini tantanali kutib olish marosimida ishtirok etdi.

Yubiley forumning ochilishida qatnashib, davlatimiz rahbari “yashil” taraqqiyot masalalariga bag`ishlangan yalpi sessiyasida nutq so`zladi, Xitoy hamda “Makon va yo`l” tashabbusining boshqa ishtirokchilari bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash bo`yicha fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo`nab ketdi. “Shoudu” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi.

    Boshqa yangiliklar