Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon SGS” U19 va “Neftchi” U19 jamoalari o`rtasidagi uchrashuv davomida futbolchilar ishtirokidagi janjal hamda mushtlashuv videolari keng muhokamalarga sabab bo`ldi.
Aytishlariga qaraganda mushtlashuv raqiblariga bir necha marta zarba bergan andijonlik 3-raqamli futbolchi tufayli yuzaga kelgan.
Mazkur holat O`FA Tartib-intizom qo`mitasi holat sinchkovlik bilan o`rganib chiqilib, mojaro sabablari aniqlanib, aybdorlarga tegishli choralar ko`rilishini qayd etdi.