Toshkent shahrida havo sifat darajasi “nozik guruhlar” (allergik va nafas olish organlarida muammosi bor aholi) qatlami uchun “nosog`lom” deb topildi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, poytaxt havosining sifat darajasi “qizil” xavfga ega bo`lib, kecha, 18 oktyabr kuni soat 17:00 holatiga ko`ra PM2,5 konsentrasiyasi JSST tavsiya qilgan yillik havo sifati me`yoridan yuqori darajani qayd etmoqda. Shu bois mutaxassislar shahar aholisidan ko`cha-ko`yda chiqishdan oldin niqob taqishni so`ramoqda.






