AsosiyJamiyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga birinchi o`rinbosar tayinlandi

'Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga birinchi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Dilshod  Rahimov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yildan buyon shu kungacha Dilshod Rahimov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 2023 yil 17 oktyabr kuni adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Sohibnazarov ushbu lavozimni egalladi.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura bo`lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig`i o`rinbosari, boshqarma boshlig`i, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar