AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik bo`yicha memorandum imzoladi

'O`zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik bo`yicha memorandum imzoladi'ning rasmi

19 oktyabr kuni O`zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Buxoro shahrida Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanovni qabul qildi. 

Vazirlar Buxoro poligoniga borib, u erda harbiy delegasiyani rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi.

Bahodir Qurbonov hamkasbini qutlar ekan, O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik ikki davlat armiyasini mustahkamlashga xizmat qilishini ta`kidladi.

Uchrashuvda Ozarbayjon va O`zbekiston o`rtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta`lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, ikki davlat mutaxassislari delegasiyalarining muntazam o`zaro tashriflarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha tomonlar 2024 yilga mo`ljallangan harbiy hamkorlik bo`yicha memorandumni imzoladi.

    Boshqa yangiliklar