Jinoyat ishlari bo`yicha Nishon tuman sudida shu tumanning Balxiyak qishlog`ida yashovchi erkak suvdan noqonuniy foydalangani uchun qamaldi. Bu haqda "O`zsuvta`minot" Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, 2010 yilda dehqon xo`jaligi tashkil etgan bu fuqaro "Talimarjon-Muborak" magistral quvuriga D-76 mm.lik quvur orqali noqonuniy ulanib, ichimlik suvidan ekinlarni sug`orib kelgan.
"Qashqadaryo suv ta`minoti" MChJ xodimlari tomonidan o`tkazilgan reyd tadbirlari davomida uning bu qilmishi fosh bo`lib, jamiyatga 282 mln 716 ming 280 so`m zarar etkazganligi aniqlangan.
Sud to`plangan hujjatlar va tomonlarning ko`rsatmalarini o`rganib, erkakka 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlab, undan 282 mln 716 ming 280 so`m zarar undiriladigan bo`ldi va sud zalida qamoqqa olindi.






