Qozog`istonda Rossiyaga yuzdan ortiq turdagi mahsulotlarni etkazib berish cheklangan. Bu haqda mamlakat savdo va integrasiya vaziri o`rinbosari Qayrat To`rebaev ma`lum qildi, uning so`zlaridan iqtibos keltirmoqda “Interfaks”.
“Biz harbiy maqsadlar uchun mo`ljallangan 106 xil turdagi tovarlarni olib chiqishga cheklovlar kiritdik. Ularning eksporti butunlay cheklangan”, - deya tushuntirdi u.
Eksporti cheklangan tovarlar orasida dronlar, ichki qismlar, bir qator elektronika, chiplar va shunga o`xshash mahsulotlar bor edi.
Eslatib o`tamiz, sentyabr oyi oxirida Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev Germaniyaga tashrif buyurgan edi.
Tashrif chog`ida u o`z mamlakati Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimiga amal qilishini bildirgan edi.






