Joriy yilning 23-24 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlarning inson resurslarini rivojlantirishga mas`ul idoralar rahbarlarining II yig`ilishi bo`lib o`tadi.
Ushbu tadbir davlat xizmatiga iste`dodli shaxslarni jalb qilish hamda rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish yuzasidan o`zaro tajriba almashish bo`yicha muloqot platformasi bo`lib xizmat qiladi. Mazkur uchrashuvda Ozarbayjon, Qozog`iston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Turkiya kabi davlatlardan 30 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Muloqot davomida:
- Kadrlar siyosati va davlat xizmatidagi zamonaviy trendlar, yangi g`oyalar va yondashuvlar muhokama qilinadi;
- Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan samarali ishlash bo`yicha ilg`or tajribalar taqdimotlari tashkil qilinadi;
- Iste`dodli shaxslar, xususan, yoshlarni davlat xizmatiga keng jalb qilish bo`yicha o`zaro tajriba almashiladi;
- Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlarning inson resurslarini rivojlantirishga mas`ul idoralari o`rtasida barqaror hamkorlik yo`lga qo`yiladi.
20.10.2023 13:22
O`zbekistonda ilk marotaba Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlarning inson resurslarini rivojlantirishga mas`ul idoralar rahbarlari yig`ilishi bo`lib o`tadi






