"O`zbekiston temiryo`llari" kompaniyasi matbuot kotibi Alisher Boltaboevning ma`lum qilishicha, 20 oktabrdan oshirilishi kutilgan chipta narxlari qayta ko`rib chiqilmoqda. Narxlar bosqichma-bosqich ko`tarilishi mumkin.
"O`zbekiston temiryo`llari" AJning 3 oktyabrdagi xabariga asosan, bugun, 20 oktyabrdan tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarining chipta narxlari mos ravishda 50 va100 foizga oshirilishi kerak edi.
Biroq, kompaniya matbuot kotibi Alisher Boltaboevning aytishicha, bu sanadan chipta narxlari oshirilmaydi. Ayni vaqt tashkilot stavkalarni qayta ko`rib chiqmoqda. Ammo hozircha chipta narxlari qachon va qanday qiymatda qimmatlashi aniq emas. Boltaboevning so`zlariga ko`ra, jarayonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlarning qatnov narxlari 2 barobarga oshirilmasligi ham mumkin.
"Bu boradagi ma`lumotlar tasdiqlangach, tashkilotning o`zi axborotni jamoatchilikka e`lon qiladi", degan AJ matbuot kotibi.