AsosiyJamiyat

Mol-mulk va er solig`i bo`yicha eng ko`p qarzdor tashkilotlar ma`lum qilindi

'Mol-mulk va er solig`i bo`yicha eng ko`p qarzdor tashkilotlar ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistondagi tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va er solig`i bo`yicha 563 milliard so`mdan ortiq qarzdorlik mavjud. Bu haqda Soliq qo`mitasining “Fiskal tahlillar” Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va er solig`i soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim. 16-oktyabrda ushbu soliqlarni to‘lash muddati tugadi.

Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega bo`lgan ishchi-xodimlarning hammasi ham mol-mulk va er soliqlari to`lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda.

Jumladan, 2023-yil 17-oktyabr holatiga 181,7 mingta tashkilotning 817,7 ming nafardan ortiq xodimida 960,4 mingta soliq obekti bo`yicha 563,1 milliard so`m (mol-mulk solig`i bo`yicha 209,1 milliard so`m va er solig`i bo`yicha 354 milliard so`m) to`lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Shundan:

- 133,2 milliard so`m — budjet tashkilotlari xodimlari;
- 24,8 milliard so`m — nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
- 405,1 milliard so`m — tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to`g`ri keladi.

Xodimlarida soliq qarzi ko`p bo`lgan tashkilotlar Top-3 ligidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (3,4 milliard so`m), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (3 milliard so`m), “Hududgazta`minot” AJ (2,8 milliard so`m) egalladi.

    Boshqa yangiliklar