Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreesus 20 oktyabr, juma kuni Misrdagi «Rafah» nazorat-o`tkazish punkti orqali insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi G`azo sektoriga etkazilishini istisno qilmadi, deya yozmoqda Zamon.uz.
“Bizning yuk mashinalarimiz yuklangan va harakatga tayyor. Biz Misr va Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatlari bilan «Rafah» o`tish joyi ochilishi bilanoq, yordamimizni G`azoga etkazish ustida ishlayapmiz”, — dedi Adxanom.






