AsosiyDunyo

Misr va G`azo sektori o`rtasidagi Rafiah chegara o`tish punkti oz muddatga ochildi (video)

'Misr va G`azo sektori o`rtasidagi Rafiah chegara o`tish punkti oz muddatga ochildi (video)'ning rasmi

G`azo sektoriga insonparvarlik yordami yuklangan birinchi yuk mashinalari Rafah nazorat punkti orqali anklavga kirdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Misr va G`azo sektori chegarasida gumanitar yordam yuklangan 200 ga yaqin yuk mashinasi to`planib qolgan. Misr davlat televideniesi nazorat-o`tkazish punktiga insonparvarlik yuklari kirib kelganini ko`rsatgan.

20 ta yuk mashinasi G`azo chegarasini kesib o`tgach, o`tish joyi tezda yopilgan. BMT Bosh kotibi vakilining so`zlariga ko`ra, insonparvarlik yordami solingan 20 yuk mashinasi Misr Qizil Yarim Oy jamiyatiga tegishli bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar