AsosiyDunyo

G`azodagi qurbonlar orasida O`zbekiston fuqarolari ham bor

'G`azodagi qurbonlar orasida O`zbekiston fuqarolari ham bor'ning rasmi

20 oktyabr kuni ertalab G`azo sektoridan Isroil hududiga bostirib kirgan hujumchilar tomonidan o`ldirilgan yoki o`g`irlab ketilgan xorij fuqarolari haqidagi yangilangan ma`lumotlar e`lon qilindi. 

Yangilangan ma`lumotlarga ko`ra, 32 nafar AQSh fuqarosi halok bo`lgan va 8 nafar bedarak yo`qolgan, 24 nafar Ukraina fuqarosi halok bo`lgan va 3 nafar bedarak yo`qolgan, 22 nafar Fransiya fuqarosi halok bo`lgan va 4 nafar bedarak yo`qolgan, 21 nafar Rossiya fuqarosi halok bo`lgan va 7 nafar bedarak yo`qolgan, 19 nafar Argentina fuqarosi halok bo`lgan va 7 nafari bedarak yo`qolgan, 15 nafar Tailand fuqarosi halok bo`lgan va 10 nafar bedarak yo`qolgan, 12 nafar Germaniya fuqarosi halok bo`lgan va 7 nafar bedarak yo`qolgan, 12 nafar Britaniya fuqarosi halok bo`lgan va 3 nafar bedarak yo`qolgan.

Halok bo`lganlar orasida Isroil fuqarolaridan tashqari Kanada, Avstriya, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Litva, Portugaliya, Ruminiya, Chili, Peru, Paragvay, Ozarbayjon, Belarus, Moldova, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Shri-Lanka, Kambodja, Filippin, Nepal, Janubiy Afrika, Sudan,Turkiya, O`zbekiston, Qozog`iston fuqarolari ham bor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar