AsosiyDunyo

Isroil Falastindagi 26 ta masjidni butunlay vayron qildi

'Isroil Falastindagi 26 ta masjidni butunlay vayron qildi'ning rasmi

Isroil 7 oktyabrdan beri G`azo sektoridagi 26 ta masjidni butunlay vayron qildi. Bu haqda Falastin anklavining Avqof vazirligi xabar berdi.

Isroil-Falastin mojarosi 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari Isroilga qarshi Al-Aqso to`foni operasiyasi boshlanganini e`lon qildi. G`azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Hamasning aytishicha, operasiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo`ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi G`azo sektorida Hamasga qarshi o`nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda “Temir qilichlar” operasiyasi boshlanganini e`lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 4400 ga yaqin falastinlik va 1400 nafar isroillik halok bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar